PETTI UILYAM
PETTI UILYAM – (1623-1687) ineliz iatisodchisi, klassik iqtisodiyot nazariyasi vakili, mehnat qiymati nazariyasi asoschisi. Uning iqtisodiy qarashlari “Soliqlar va yig’imlar xususida traktat” (1662), “Siyosiy arifmetika” (1676) kabi asarlarida o’z aksini topgan va birinchi marta o’z tadqiqotlarida analiz va statistika uslublaridan foydalanib, iqtisodiy foyda, uslubiyat masalalarini rivojlantirgan. U. Pettining qarashlari merkantilizmdan klassik iqtisodiyot nazariyasiga o’tish tasnifiga ega bo’lgan. Shuning uchun uning nazariy qarashlari yaxlit bir butun tizim sifatida shakllanmagan. Ammo u mehnat qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda Tovar narxi, ish haqi, yer narxi kabi tushunchalami asoslagan. U. Pettining fikricha, foyda faqat ishlab chiqarish sohasida yaratiladi. U birinchi marta iqtisodiyot nazariyasini o’rganish obyektini muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib o’tgan.