PROGRESSIV SOLIQQA TORTISH

PROGRESSIV SOLIQQA TORTISH – soliqqa tortiladigan summaning o’sishiga mos ravishda soliq stavkasi ham ortadigan soliqqa tortish tizimi. Ular quyidagi shakllarda mavjud bo’ladi: l) oddiy progressiya – daromadning barcha summasi uchun soliqning stavkasi daromadning o’sishiga muvofiq o’sadi (ortadi); 2) murakkab progressiya – daromad qismlarga bo’linadi va ularning har biri o’z stavkasi bo’yicha soliqqa tortiladi. Daromadning har bir keyingi qismi uchun soliqning stavkasi oldingisiga nisbatan yuqoriroq bo’ladi.