XARAJATLARNI QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI BUDJETIDAN VA MAHALLIY BUDJETLARDAN MOLIYALASHTIRISH

XARAJATLARNI QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI BUDJETIDAN VA MAHALLIY BUDJETLARDAN MOLIYALASHTIRISH – quyidagilar yuqorida ta’kidlangan budjetlardan moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo’yicha); ijtimoiy ta’minot; aholini ijtimoiy himoya qilish; Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash; iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjet tashkilotlarini saqlash; qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.