QAYTA SUG’URTALOVCHI

QAYTA SUG’URTALOVCHI – sug’urta brokeri yordamida qayta sug’urtalash uchun riskni qabul qilib oladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Qayta sug’urtalovchi yordamida riskni ikkilamchi taqsimlash amalga oshiriladi. Qayta sug’urtalovchi sifatida sug’urta kompaniyasi ham bo’lishi mumkin. Jahondagi eng yirik qayta sug’urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug’urtalash jamiyati, Shveytsariya qayta sug’urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug’urtalash jamiyatlari kiradi.