RAHBARLAR

RAHBARLAR- jamoaga boshchilik qiluvchi, butun boshqaruv apparati va uning alohida bo‘g‘inlari ishini yo’naltiruvchi vazifalar va maqsadlarga erishish bo’yicha jamoa faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi hodimlar. Rahbarlar chiziqli va funksional turlarga bo’linadi. Chiziqli rahbarlar – tashkilotning yoki uning alohida tashkiliy rasmiylashtirilgan qismi holati va rivojlanishi uchun mas’ul, hamjihatlik asosida harakat qiluvchi shaxslar. Funksional rahbarlarga – boshqaruv tizimida ma’lum funksional ish qismi uchun mas’ul va boshqaruvning aniq funksiyalarini amalga oshiruvchi bo’ linmalarga boshchilik qiluvchi shaxslar kiradi. Rahbarlar shuningdekb о shqaruv darajalari bo’yicha ham tasniflanadi. Masalan, chiziqli rahbarlar bo’lib, quyi (sexlar, uchastkalar boshliqlari, masterlar), o’rta (korpuslar boshliqlari, korxonalar direktorlari, uyushmalarning bosh mutaxassislari) va yuqori (vazirlar, qo’mitalar raislari) bo’g’inlar rahbarlari hisoblanadi.