TOVARDA GAVDALANGAN MEHNATNING IKKI YOQLAMA XARAKTERI

TOVARDA GAVDALANGAN MEHNATNING IKKI YOQLAMA XARAKTERI – tovarning ikki xossasi borligiga sabab unda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama xarakterda ekanligidan kelib chiqadi. Har bir alohida olingan tovarda nafli mehnat mujassamlangandir. Masalan, kostumdayigiruvchilar, to’qimachilar, tikuvchilar; nonda – nowoy, traktorchi, kombaynchi va boshqalar. Agar har bir aniq iste’mol qiymatida, masalan, kostumda ma’lum nafli aniq mehnat gavdalansa, uning qiymatida ish kuchi sarfi sifatida umumiy sarf qilingan inson mehnati gavdalanadi. Aniq mehnat turlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, tikuvchining mehnati nowoyning mehnatidan farqlanadi, chunki birinchisi kostum yaratadi, ikkinchisi esa non. Inson mehnatining umuman sarflanishi nuqtai nazaridan, ya’ni inson jismoniy, ma’naviy, ruhiy energiyasi nuqtai nazaridan tikuvchi va nowoy mehnati bir xildir, ya’ni u abstrakt mehnatdir.