YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT

YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT – hisobot yilida korxona faoliyatini har tomonlama ta’riflovchi hisobot turi. Yillik moliyaviy hisobot inventarizatsiya va boshqa usullar bilan tekshirilgan hisob ma’lumotlariga asosan tuziladi. Uni tuzishga qadar turli tayyorgarlik ishlari bajariladi: inventarizatsiya o’tkazilib, uning natijalari hisobda aks ettiriladi; yilning oxirida buxgalteriyaga kelgan barcha hujjatlarni ishlab chiqarish tugatiladi; yordamchi ishlab chiqarishlar ish va xizmatlarining haqiqiy tannarxi aniqlanadi; umumishlab chiqarish xarajatlari taqsimlanadi; tugallanmagan ishlab chiqarishlar tannarxi va tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi; moliyaviy natijalar (foydayokizarar) aniqlanadi; ayrim ko’rsatkichlarning o’zaro aloqalari tekshiriladi va boshqalar. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida’gi qonuni (16-modda) bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 1. Korxona balansi. 2. Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot. 3. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot. 4. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot. 5. Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot. Yuqoridagi hisobot shakllariga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi. Moliyaviy hisobot quyidagi organlarga taqdim etiladi: soliq organlariga; ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; davlat statistika organlariga; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.