ALAK

ALAK — arqog’i va tanda ipi yarim pishitilgan ipdan to’qilgan mato, dastaki dastgoh (qo’l do’kon) da turli rangda yo’l-yo’l qilib tayyorlangan. Alakdan to’n, ko’rpa va ko’rpacha tiqilgan. Alakning gullari yo’l-yo’l bo’lganidan qalami, ba’zi ingichka yo’llilari esa zevak deb nomlangan. Alak o’tmishda keng tarqalgan, ayniqsa, Farg’ona vodiysi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ko’plab to’qilgan, chet mamlakatlarga ham chiqarilgan.