SUG’URTA KOMPANIYASI

SUG’URTA KOMPANIYASI – sug’urta shartnomasini tuzish va unga xizmat qilishni amalga oshiruvchi, sug’urtalanuvchi bilan huquqiy munosabatda bo’luvchi yuridik shaxs. U o’z nizomi asosida faoliyat yurituvchi mustaqil xo’jalik subyektidir. Tegishli iqtisodiy muhitda faoliyat yurituvchi sug’urta kompaniyalarining yig’indisi sug’urta tuzimini tashkil etadi. Sug’urta kompaniyalari bajaradigan sug’urta operatsiyalariga ko’ra, ular universal va ixtisoslashgan bo’ladi. Ustav kapitali miqdori hamda kelib tushgan sug’urta mukofotlari hajmiga muvofiq, sug’urta kompaniyalarini yirik, o’rta va kichik guruhlarga bo’lish mumkin.