TRANSPORT TUGUNI

TRANSPORT TUGUNI – bir necha transport turlari, aloqa yo’llari o’zaro qo’shilgan va tarmoqlangan joy. Transport tugunlari xilmaxil belgilari, transport turlari, transport asosiy shaxobchalar sxemasi, xalq xo’jaligidagi ahamiyati, yuk oborotidagi asosiy yuk turlari, yuk va yo’lovchi aylanmasining katta kichikligiga qarab turlanadi. Ahamiyatiga ko’ra xalqaro, respublika, viloyat, mahalliy ahamiyatdagi transport tugunlariga ajratiladi.