TO’G’RIDAN-TO’G’RI INVESTITSIYALAR

TO’G’RIDAN-TO’G’RI INVESTITSIYALAR – bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli kapital qo’yilmalar kiritish. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish imkonini beradi.