YER OSTIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ

YER OSTIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ – soliqni О‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog’liq bo’lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar to’laydilar. Uning obyekti bo’lib foydali qazilmalar qazib olish hajmi, texnogen hosilalarning hajmi, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog’liq bo’lmagan yer osti inshootlari hajmi, rangli toshlar xomashyosi, paleontologiya qoldiqlari va boshqa geologik kollektsiya materiallari namunalarini to’plash uchun berib qo’yilgan yer qa’ri uchastkasi maydoni hisoblanadi. Soliqning stavkasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.