Ginogenez

Ginogenez – organizmning ko’payish xillaridan biri. Bunda spermatozoid tuxum-hujayralarga kirgach, u bilan qo’shilib ketmaydi, balki uning rivojlanishini faollashtiradi. Shuning uchun ba’zan partenogenezning bir turi deb qaraladi. Baliqlar, yumaloq og’izlilarda, ba’zi yopiq urug’li o’simliklarda uchraydi.