Dolomit

Dolomit (fransuz mineralogi Dolome nomi bilan atalgan) – mineral. Kul rang, oq, sariq, och yashil bo`ladi. Metallar, kalsiy va magniydan tarkib topgan. Dolomit metallurgiya va kimyo sanoatida hamda qurilishda termoizolyatsiya materiallarini asbest va boshqalar bilan biriktiruvchi modda sifatida ishlatiladi. O`zbekistonda Chotqol, Nurota va Qurama tog`larida devon davri ohaktosh va marmarlari orasidan topilgan.