ABORIGENLAR

ABORIGENLAR (lot. aborigine – qadimdan, boshidan) — 1) biror mamlakat, o’lkaning qadimdan o’sha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qadimgi Rim rivoyatlariga ko’ra, Apennin tog’lari etaklaridagi Latsiyada yashovchi qadimgi qabila Aborigenlar deb atalgan. Masalan, Amerika va Avstraliya mustamlaka qilinish davrida Aborigenlarning ko’pchiligi qirib tashlangan, qolgan qismi maxsus ajratilgan hududlarga – rezervatsiyalarga quvib chiqarilgan, kamsitishlarga duchor etilgan.