ABSOLYUTZIM

ABSOLYUTZIM (lotincha absolutus – shak-shubhasiz, cheklanmagan, mutlaq) — bir kishining (podsho, sulton, imperator) qonun bilan cheklanmagan mutloq hokimiyatiga asoslangan davlat tuzumi. Bunda siyosiy hokimiyat tamomila bir kishi qo’lida bo’ladi. Absolyutzim Fransiya va Angliyada XVII asrda, Yaponiyada XVIII asr boshlarida, Turkiya, Misrda XIX asr oxirida mavjud bo’lgan. Bu turdagi davlatda hokimiyat bir kishi qo’lida to’planadi, davlat ulkan byurokratik apparat (davlat muassasalari), muntazam armiya, sud, politsiya yordamida idora qilinadi. O’rta Osiyo hududida 1917-yil inqilobigacha mavjud bo’lgan xonliklarni Absolyutzimga kiritish mumkin.