Ferroqotishma

Ferroqotishma(lotincha ferrum-temir) – temirning marganets bilan (ferromarganets), kremniy bilan (ferrosilitsiy), xrom bilan (ferroxrom), volfram bilan (ferrovolfram), molibden bilan (ferromolibden) va boshqa elementlar bilan qotishmalari. Ferroqotishma po`lat eritib olish, erigan metallardan kislorodni chiqarib tashlash va metallga biron xossa berish uchun ishlatiladi.