Havo massasi
Havo massasi – troposfera havosining harorati, namligi, harakat yo’nalishi va boshqa xususiyatlari bir xil bo’lgan katta hajmdagi qismi. Havo massalari – troposfera havosining bir-biridan harorat, namlik, harakat yo`nalishi va boshqa xususiyatlari bilan farqlanadigan katta qismlari. Havo massalarining harorati, namligi va boshqa xossalari sekin-asta o`zgaradi. Bir havo massasidan ikkinchi havo massasiga o`tganda bu xususiyatlar keskin almashinadi. O`zaro tutash ikki havo massasi orasidagi chegara atmosfera fronti deyiladi. Dengiz ustida shakllanadigan dengiz havo massasi va quruqlik ustida shakllanadigan kontinental havo massasi bo`ladi. Quyidagi havo massalari mavjud: 1) Arktika va Antarktika havo massalari. 2) o`rtacha kenglik havo massalari. (Qutbiy havo massalari) 3) tropik havo massalari. 4) ekvatorial havo massalari. (havosi issiq va sernam) bo`ladi. Havo massalarining boshqa hududlardan kirib kelishi ob-havoga ta’sir ko`rsatadi Shu sababli havo massalari xossalari va ularning harakatini o`rganish ob-havoni oldindan aytib berishda katta ahamiyatga ega.