Irq
Irq – kishilarning tarixiy tarkib topgan yirik hududiy guruhi. Irqlar kelib chiqishiga ko`ra bir bo`lib, faqat ba’zi bir tashqi fiziologik belgilariga – sochining shakli va rangi, tanasining rangi, ko`zining shakli, yuz skletining o`lchamlari va ayrim xususiyatlari, burun, lab tuzilishiga ko`ra farq qiladi. Bu farqlar nasldan naslga o`tadi. Irqiy belgilar odam zoti paydo bo`lgandan keyin yashash sharoitidagi tafovutlar ta’sirida vujudga kelgan. Odamlarning asosiy anatomik va fiziologik hamda psixologik xususiyatlarida irqiy farqlar yo`q. Irqiy tafovutlar jamiyat taratssiyotiga ta’sir etmaydi. Butun dunyodagi odamlar uchta katta irqqa: mongoloid, yevropeoid va ekvatorial, ya’ni negr-avstraloid irqlarga bo`linadi. Bu asosiy irqlar oralig`ida ko`pdan-ko`p o`tkinchi irqlar bor.