Issiqlik elektr stansiyalari
Issiqlik elektr stansiyalari – issiqlik dvigatellari yordamida elektr energiya ishlab chiqaradigan korxonalar. Issiqlik dvigatelida gaz, ko`mir, mazut, torf va boshqa yoqilishi mumkin. Yoqilg`ining issiqlik energiyasi issiqlik dvigatelida mexanik energiyaga, so`ngra generatorda elektr energiyaga aylanadi. Issiqlik elektr stansiyalari asosan ikki xil bo`ladi: kondensatsion elektr stansiya (faqat elektr energiya ishlab chiqaradi) va issiqlik elektr markazi (ham elektr energiya, ham issiqlik – bug` va issiq suv ishlab chiqaradi).