Yoz

Yoz – 1) yilning eng issiq fasli. Shimoliy yarim sharning mo`tadil mintaqasida iyun, iyul, avgust oylariga, janubiy yarim sharda dekabr, yanvar, fevral oylariga to`g`ri keladi. Yilning issiq yarmi ham ko`pincha yoz deb yuritiladi. Ayrim turkiy tillarda masalan, qirgizlarda bahor fasli yoz (jaz) deyiladi; 2) dala, yalanglik, sayxon yer, dasht. Joy nomlari tarkibida bor: Yozyovon cho`li.