Yem-xashak ekinlari
Yem-xashak ekinlari – mol va parrandalarga ko`kat, pichan, yem, silos uchun ekiladigan o`simliklar. Yem xashak ekinlariga bir yillik va ko`p yillik o`tlar (beda), xashaki ildiz-mevali, kartoshkali o`simliklar (kartoshka, turneps, xashaki lavlagi), xashaki poliz ekinlari (xashaki tarvuz, oshsovoq), shirin kartoshka (batat), silos bostirish va yem uchun ekiladigan donli ekinlar (makkajo`xori, so`li, arpa) kiradi.