Vodiy shamoli
Vodiy shamoli – tog`li o`lkalardagi vodiylarda kunduzi vodiy bo`ylab yuqoriga, kechasi yuqoridan pastga esadigan shamol. Kunduzi siyrak atmosferadan o`tadigan quyosh nurlari tog` yon bag`irlarini, toshlarni tez qizitib yuborishi natijasida tog`da bosimning shu balandlikka teng balandlikdagi erkin atmosferadagi bosimga nisbatan kamayib ketishi oqibatida hosil bo`ladi. Tunda tog`larda uzun to`lqinli (issiqlik) nur tarqatish kuchli bo`lganligidan havo vodiy bo`ylab pastga tomon oqib tushadi.