To`qay, to`qayzor
To`qay, to`qayzor – daryo bo`yidagi qalin, changalzor o`rmon. Suv serob, mikroiqlimi atrofdagi cho`ldan namroq va yumshoqroq bo`lganidan o`simlik hamda hayvonot dunyosi o`ziga xos bo`ladi. Tuprog`i ham allyuvial, gidromorf. To`qaylarda daraxtlar bilan birga bo`talar ham qalin o`sadi. O`rta Osiyo to`qaylarida terak, tol, zarang, yulg`un, jiyda, qamish va b. o`sadi. Hayvonot dunyosi: to`ng`iz, kiyik, chiyabo`ri, to`qay mushugi, tustovuq va b.