Surilma

Surilma– tog` yon bag`ridan jinslarning o`z og`irligi ta`sirida pastga tomon siljishi. Surilma– tog` jinslarining og`irlik kuchi ta’sirida yonbag`ir bo`ylab pastga surilib tushishi. Ko`pincha suvli va suv o`tkazmaydigan gilli qatlamlar ustma-ust joylashgan, yonbag`ir ostini suv yuvib ketgan joylarda ro`y beradi. Surilmalar tog`li rayonlar xo`jaligiga ba’zan katta zarar yetkazadi. Yonbag`irlarni yalang`ochlab, yo`l va inshootlarni ko`mib yuboradi. Surilmalarga qarshi yonbag`irlarga o`simlik ekish, suvli qatlamga tushadigan suv miqdorini kamaytirish tadbirlari amalga oshiriladi.