Sarob
Sarob– atmosferada nurning anomal refraksiyasi hodisasi. Sarobda ko`rinish (manzara) va predmetlar o`z holicha ham, teskari ham ko`rinishi mumkin. Sarob atmosferada haroratning yuqoriga qarab o`zgarishining to`g`ri holati juda barqaror yoki nihoyatda beqaror bo`lganda ro`y beradi. Sarobda predmetlar o`z haqiqiy joyidan yuqorida ham, pastda ham, yon tomonda ham ko`rinishi mumkin. Sarob cho`llarda havo juda qizib ketganda, tinch ob-havoda ko`proq sodir bo`ladi.