Saraton

Saraton – 1) Zodiak zonasidagi yulduzlar turkumi; 2) Shamsiya (quyosh) hisobida to`rtinchi oy, 22-iyundan 21-iyulgacha davom etadi. Shu oyda Quyosh osmon sferasida Saraton yulduzlar turkumidan o`tadi; 3) yoz faslining eng issiq davri. «Saraton olovi», «Saratonning sariq kuni» iboralari bor. Saraton– yoz faslining eng issiq davri, 22 iyundan 21 iyulgacha davom etadi, shamsiya oyi.