Qora suv

Qora suv – tog` etaklarida, vodiylarda yer osti suvlaridan to`yinadigan soy, daryolar. Suvi tiniq. Ba’zan minerallashgan bo`ladi. Ba’zan zahob, to`qaylardan oqib chiqadi. Suv sarfi fasllarga qarab uncha ko`p o`zgarmaydi. O`rta Osiyoda uncha ko`p emas. Zarafshon, Farg`ona vodiylarida bor. Tashlama va zovur suvlari ham qora suv deb yuritiladi. Turkiyada buloq suvlari qora suv deyiladi.