Landshaft sferasi
Landshaft sferasi – geografik qobiqning troposfera, litosfera va gidrosfera bevosita tutashgan, nisbatan yupqa markaziy qismi. Landshaft sferasi geografik qobiqning biologik fokusidir. U hozirgi nurash po`stini, tuproq-o`simlik qoplamini, barcha tirik organizmlarni va havoning yerga tutashib turgan pastki qismini o`z ichiga oladi. Landshaft sferasining qalinligi tundrada va arktika sahrolarida 5-10 m dan tropiklarda 100-150 m gacha yetadi. Bu atamani F.N.Milkov tavsiya etgan. Ba’zi olimlar landshaft sferasini geografik qobiqning sinonimi deb qaraydilar.