Lub ekinlari, lub tolali ekinlar
Lub ekinlari, lub tolali ekinlar – lub tolasi uchun o`stiriladigan o`simliklar (zig`ir, nasha, kanop, jut, rami, kandir va b.). MDHda, asosan, zig`ir va kanop ekiladi. Lub ekinlari tolasidan xar xil matolar, kanop, arqon, baliq tutadigan to`rlar, brezent paloq va boshqalar tayyorlanadi. Urug`i tarkibidagi moydan oziq-ovqat uchun va texnika maqsadlarida foydalaniladi. Kunjarasi hayvonlar uchun yaxshi oziq. Poyasidan qurilish plitalari, qog`oz, termoizolyatsiya materiallari tayyorlanadi. O`zbekiston va Turkmanistonda kanop va jut ekiladi.