Loy
Loy – 1) zarrachalari juda mayda (fraksiyasining diametri 0,01 mm dan kichik) mayin tog` jinslari. Loy tabiiy holatda, suvga bo`kkanda yopishqoq va plastik xususiyatga ega bo`ladi. Suvni yomon o`tkazadi. Kelib chiqishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: a) qoldiq loy. Ular jinslarnig nurashidan hosil bo`lib, o`z joyida saqlanib qoladi; b) cho`kindi loy – suv, shamol, muz vositasida boshqa joydan keltirib yotqizilgan loy. Loy yotqiziqlari quriganda palaxsa-palaxsa bo`lib yorilib ketadi.