Navigatsiya

Navigatsiya (lotincha navigo – kemada suzaman) – 1) mahalliy iqlim sharoitiga qarab, dengiz, daryo va ko`llarda kema qatnay oladigan mavsum; 2) dengizda suzish, kema qatnovi; 3) dengizda va kosmosda kemalarni boshqarishning nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqadigan fan.