Ozlar

Ozlar (shvedcha os – tizma) – qadimgi muzlik suvlari qoldirgan diagonal qat-qat yoki gorizontal yotqiziqlar (qum, shag`al, ba’zan valunlar) dan tarkib topgan uzun (30-40 km gacha), kambar (bir necha m dan 2-3 km gacha), baland (bir necha o`n metrgacha) qator tepaliklar. To`rtlamchi davrda muzlik bosgan o`lkalarda –Shvetsiya va Finlyandiyada uchraydi.