Modda va energiya almashinuvi
Modda va energiya almashinuvi – geografik qobiq va ayrim landshaftlardagi komponentararo aloqalarni ifodalovchi qonuniyat. Tabiatda komponentlararo modda va energiya almashinuvi tufayli tabiiy hududiy komplekslar vujudga kelgan. Tabiatda moddiy va energiya almashinuvi, odatda, aylanma harakat tarzida ro`y beradi. Okean suvlari sirkulyatsiyasi, atmosferadagi aylanma harakatlar, suvning aylanma harakati, biologic, litologik aylanma harakat va boshqalar ana shundaydir. Aylanma harakatlar tufayli tabiatda chiqit hosil bo`lmaydi. Tabiatdagi modda va energiya almashinuvi geografik qobiqning bir butunligiga sabab bo`ladi.