Olachalpoq
Olachalpoq – 1) Olachalpoq soya – siyrak bargli daraxt soyasi. Bunda barglar orasidan quyosh nuri yerga tushib turadi; 2) Olachalpoq tundra-gil jinslar tarqalgan joylardagi tundra. Bunday tundrada mox, lishaynik yer yuzini sidirg`a qoplamay, har yer-har yerda yer yuzasi ochilib yotadi. Bunday ochiq joylar qabariq ham, botiq ham, tekis ham bo`lishi mumkin, diametri 2-3 m ga boradi; 3) Olachalpoq o`tloq – har yer-har yerda tuproq ochilib qolgan o`tloqlar. Ular tog`larda tuproq yuvilib ketib, tog` jinslari ochilib qolishidan, yuzalama eroziyadan, tekisliklarda olachalpoq sho`r bosishdan va h.k. lardan hosil bo`ladi.