Sayozlik

Sayozlik– dengiz va okeanlar tagi reylefning ko`tarilgan qismlari. Sayozlik to`lqinlarga, oqimlarga va suvda yashovchi hayvon hamda o`simliklarga ta’sir ko`rsatadi. Quyosh nuri suv ostiga yetib borganligidan suvutlar ko`p, binobarin, suvda kislorod serob bo`lib, sharoit baliqlar uchun qulay bo`ladi.