Polimetall rudalar
Polimetall rudalar (yunoncha poli – ko`p) – tarkibida bir necha metall, ya’ni qo`rg`oshin, rux, shuningdek kumush, mis, oltin, vismut, kadmiy, indiy, qalay, kobalt va boshqalar bo`lgan rudalar. Polimetall rudalar oldin boyitiladi. Konlari: Shimoliy Kavkaz, Qozog`iston, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, O`zbekistonda esa Chatsol, Qoramozor, Qurama tog`lari; chet ellarda – AQSh, Kanada, Avstraliya, Peru, Yaponiya, Polsha, GFR, Marokash va b.