Proterozoy erasi
Proterozoy erasi, proterozoy (yunoncha proteros – ilk, zoye – hayot) – Yer tarixining kembriydan oldin o`tgan vaqtining katta qismini o`z ichiga olgan era va shu erada paydo bo`lgan jinslar. Bir necha eraga to`g`ri keladigan (2 mlrd. yildan ortiq) vaqtni o`z ichiga olgan. Proterozoy quyi proterozoy, o`rta proterozoy va yuqori proterozoy deb uchga bo`linadi. Proterozoy yotqiziqlarida ibtidoiy organizmlar, asosan suvo`tlar va bakteriyalarning qoldiqlari uchraydi.