ALBISSIYA
ALBISSIYA (Albizia) – burchakdoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar turkumi. 50 ga yaqin turi bor. Asosan tropik va subtropik hududlar (Eron, Hindiston, Efiopiya, Zakavkazye) da yovvoyi holda uchraydi. Barglari juft patsimon, murakkab, gullari kallak to’pgulga yig’ilgan. O’zbekistonda Albissiyaning Albissiya julibrissin xushmanzara turi o’sadi. Bu tur yovvoyi holda Ozarbayjondagi Talish tog’i o’rmonlarida tarqalgan bo’lib, «Ipak akatsiya» nomi bilan Kavkazning boshqa joylarida, Qrim va O’rta Osiyoda ham ekiladi. O’zbekistonda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona shaharlarida o’stiriladi.