AKSIYA

AKSIYA — 1) harakat, biror bir maqsadga erishishga yo’naltirilgan chiqish yoki harakat (masalan, siyosiy, diplomatik Aksiya); 2) aksionerlik jamiyati kapitaliga mablag’ qo’yganligini tasdiqlovchi va uning egasiga dividend ko’rinishida foydaning bir qismini olishga huquq beruvchi qimmatli qog’oz. Ko’pchilik Aksiya egalari aksionerlarning umumiy yig’ilishlarida masala yechimidagi qaror qabul qilishda ovoz berish huquqini beradi.