AMORALIZM
AMORALIZM (lot. a – yo‘q, moralis – axloq) — ma‘naviy hayot va shaxslararo munosabatda axloq me‘yorlarining buzilishi hamda ularni inkor etish, umume‘tirof etilgan xulq-atvor mezonlariga e‘tiborsizlik va ularga yengil-yelpi munosabatda bo‘lish. ―Amoralizm atamasi ilk marotaba g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan Makiavelli, Loyol, Liguor, Buzenbaum, falsafiy talqini esa F.Nitshe tomonidan amalga oshirilgan. Amaliyotda Amoralizm alohida bir shaxsning ma‘naviy yetuk emasligi yoki jamiyatdagi muayyan kishilarni ma‘naviy tubanlikka olib keluvchi ijtimoiy holatlar bilan ham bo‘gliq bo‘lishi mumkin.