ANARXO-SINDIKALIZM

ANARXO-SINDIKALIZM (yun. anarchia – beboshliq, tartibsizlik; syndikos – uyushma) — xalqaro ishchilar harakatining anarxizm ta‘sirida bo’lgan oqimi. Kasaba uyushmalarini mehnatkashlar tashkilotining oliy shakli, binobarin ishlab chiqarish vositalari mazkur uyushmalar qo’liga o’tishi lozim, deb hisoblagan. Anarxo-sindikalizm sabotaj, boykot, iqtisodiy ish tashlash va kurashning «oliy shakli» sifatida umumiy iqtisodiy stachka kabi «to’g’ridan-to’g’ri harakat» taktikasini yoqlagan. XIX asr oxirlarida Fransiya, Italiya, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida vujudga kelib, XX asr boshlarida eng ko’p tarqalgan.