ANZYUK

ANZYUK (Australia, New Zealand, United Kingdom ANZUK) — Angliyaning tashabbusi bilan 1971-yilda tuzilgan harbiy-siyosiy tashkiloti. Uning tarkibiga Avstraliya, Yangi Zelandiya, Angliya, Malayziya va Singapur kiradi. Malayziya va Singapurni tashqaridan bo‗ladigan ehtimoliy hujumdan jamoaviy mudofaa qilish ANZYUKning asosiy maqsadi deb e‘lon qilgan. ANZYUK Janubiy-Sharqiy Osiyoda ularning strategik, iqtisodiy va harbiy-siyosiy manfaatlarini ta‘minlaydi. U, aslida, bitim qatnashchilari bo’lgan Osiyo mamlakatlarining ichki ishlariga aralashish quroli bo’lib xizmat qiladi, mintaqada milliy-ozodlik harakatlarini bostirishga qaratilgan.