ARBITR

ARBITR (hakam) — nizoni (ixtilofni) muhokama qilishda vositachi bo‗ladigan shaxs. Huquqiy munosabatlarda nizo (ko’pincha fuqaroviy-huquqiy nizo) ishtirokchilari ishning mohiyati bo’yicha qaror qabul qilishni ishonib topshiradigan vositachilar, odatda, arbitrlar deb hisoblanadi. Ko’pincha ushbu atama holislar sudining sudyasi atamasining sinonimi tariqasida qo’llaniladi. Davlat arbitraji va idoraviy arbitrajlar bekor qilingunga qadar ijro etuvchi hokimiyatning ana shu organlarida ishlaydigan hamda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‗jalik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan nizolar yuzasidan qarorlar qabul qiladigan mansabdor shaxslar Arbitrlar deb atalgan.