ARGUMENTATSIYA

ARGUMENTATSIYA (lot. argumentation – dalil-isbotlar keltirish) – ishontirishning ratsional usuli, muayyan tezisni himoya qilib, batafsil asoslash va dalillar keltirishga tayangan usuli. U ishontirishning eng kuchli usuli bo’lib, haqiqiy dalillar sifatida deduktiv xulosa xizmat qiladi. Aksariyat hollarda haqiqatga yaqin mulohazalar argument (dalil) bo’lib xizmat qiladilar.