«BAYROQDOR» YETAKCHI

«BAYROQDOR» YETAKCHI — zamonaviy siyosat nazariyasida yetakchining to’rt yig’ma obrazlaridan biri. Bayroqdorni voqe’likni shaxsiy idrok etish ommani jalb etishga qodir bo’lgan g’oyalar, ideallar ajratib turadi. Bunday turga Jaloliddin Manguberdi, Zaxiriddin Muhammad Boburlarni kiritish mumkin. Real hayotda bu obrazdagi yetakchi alohida holda uchramasdan, siyosat arboblarida aralashgan holda uchraydi.