BAYNALMILALCHILIK
BAYNALMILALCHILIK (arab, «baynalmilal» – millatlararo) — jahondagi turli millat va irqlarga mansub kishilarning xalqaro birdamligi; ularning bir-birlarini tushunishlari va o’zaro ishonchining, madaniyatlar, qadriyatlar, bilim va texnologiyalar o’zaro singib borishining asosi; millatchilikning aks tushunchasi. Insoniyat tarixi turli millatlar va elatlar orasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy aloqalar o’rnatilib, ularning tobora mustahkamlanib borishi jarayonidir, mazkur munosabatlarsiz esa ijtimoiy taraqqiyot amalga oshmaydi.