BLOKADA

BLOKADA (ing. blockade – qamal, qurshamoq) — 1) harbiy harakatni amalga oshirishning dushman ob‘yektini ajratib, yakkalab, tashqi aloqalarini izdan chiqarishga qaratilgan alohida shakli. Bundan maqsad dushman davlatning harbiy-iqtisodiy qudratini sindirib, taslim bo’lishga majbur etishdan iborat; 2) (siyosiy) – biror davlatni muayyan talabni bajarishga majbur etish maqsadida uning tashqi aloqalariga putur yetkazishga qaratilgan siyosiy tadbirlar tizimi. Siyosiy Blokada davlatni diplomatik jihatdan yakkalab qo’yishda ifodalanadi. Siyosiy Blokada ko’pincha iqtisodiy Blokada, ba’zida harbiy Blokada bilan bog’liq bo’ladi. II-jahon urushidan so’ng G’arb davlatlari milliy mustaqillik uchun kurash yo’liga o’tgan davlatlarga qarshi siyosiy Blokadani keng miqyosda qo’lladi.