BOLALAR JAMG’ARMASI

BOLALAR JAMG’ARMASI (YUNISEF) — BMTning asosiy jamg‗armalaridan biri. Uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor bo’lgan Yevropa bolalariga g’amxo’rlik ko’rsatish maqsadida 1946-yilda tuzilgan. 1953-yildan BMTning doimiy tuzilmasiga aylangan. Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning sog’lom va barkamol voyaga yetishiga kumaklashish uning bosh tamoyilidir. Mazkur sohadagi faoliyati uchun 1965-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, YUNISEFga a‘zo bo’ldi va u bilan yaqin hamkorlik o’rnatdi. Jamg’arma tomonidan bolalarni immunizatsiya qilish, boshlang’ich maktab o’quvchilarini oziq – ovqat va ichimlik suv bilan ta‘minlash, vaksinalar yetkazib berish bo’yicha uzoq muddatli dasturlar, Orolbo’yi aholisiga yordam ko’rsatish yuzasidan maxsus dastur, «Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam loyihasi» ishlab chiqilgan