DOMINION
DOMINION (ing. dominion – egalik, hokimiyat, lot. dominium – qaram yer) — o’zini-o’zi boshqaradigan qaram davlat. Ingliz qiroli (qirolicha)ni davlat boshlig’i deb tan olib kelgan va Britaniya imperiyasi tarkibida bo’lgan davlat. Unga general-gubernator tayin qilingan. Dastlabki Dominionlar – Kanada (1867-yildan), Avstraliya Ittifoqi (1901-yildan), Yangi Zelandiya (1907-yildan) va boshqalar. Hamdo’stlik tuzilganidan keyin, garchi ko’pgina sobiq Dominionlar unga kirib, avvalgidek ingliz qirolichasini davlat boshlig’i deb hisoblasalarda (Kanada, Yangi Zelandiya va boshqalar), Dominion atamasi qo’llanilmaydigan bo’ldi.